Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida yangi Nokia 6 smartfonining chidamliligi aks etilgan roliklar namoyish etilmoqda, deb yozadi «Daryo».
Videolardan birida smartfon yordamida yong‘oq chaqilganligini ko‘rish mumkin.
[media=https://youtu.be/CLqmiAb7r8k]
Ikkinchi rolikda smartfon bir necha marta polga va devorga uloqtiriladi.
Yangi smartfon 19 yanvardan sotuvga chiqdi. Qurilma Xitoy bozori uchun chiqarildi va uni «JD.com» saytidan 245 dollarga xarid qilish mumkin. Smartfon sotuvi boshlanishidan ikki kun avval Nokia 6 ga oldindan buyurtma berganlar soni millionga etdi.
Yangi qurilma 1920 x 1080 pikselli 5,5 dyuym diagonalli ekranga ega bo‘lib, u Corning Gorilla Glass 3 bilan qoplangan. Bundan tashqari Nokia 6 smartfoni sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 430 prosessori, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotiraga ega. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat