7 716
Facebook smartfonlar uchun kiruvchi qo‘ng‘iroq raqami egasini aniqlovchi dastur chiqardi
Facebook kompaniyasi smartfonlar uchun kiruvchi qo‘ng‘iroqqa qarab telefon qilayotgan kishining shaxsini aniqlovchi ilova yaratib, uni Hello nomi bilan AQSh bozoriga chiqardi. Bu haqda TASS'ga asoslanib Daryo nashri xabar bermoqda.
Yangi ilova smartfon yoki uyali telefon sohibiga yoqimsiz suhbatdosh yoki og‘ir muloqotning oldini olishi imkonini beradi. Hozirgacha raqam sohibi faqatgina u kontaktlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa aniqlaydigan funksiya mavjud edi, Facebook chiqargan dastur esa kiruvchi raqam egasini ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga qarab aniqlab beradi.
Hozirda Hello AQShning turli shaharlarida ko‘ngillilarga tarqatilmoqda. Agar foydalanuvchilar u haqida ijobiy fikr bildirsa, boshqa davlatlarga ham chiqariladi. Ta’kidlash lozimki, ilova faqatgina Facebook foydalanuvchisi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar raqamlarini aniqlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi