
Nokia 6 bozorga qaytganidan keyin brendning birinchi raqamli smartfoniga aylandi. Dastavval, Nokia mahsulotlari marketingi bilan shug‘ullanuvchi HMD Global kompaniyasi smartfonning faqat Xitoyda sotilishi haqida bayonot bergan edi. Biroq kompaniyaning rejalari o‘zgargani haqida «Hi-Tech Mail.ru»ga tayanib «Daryo» nashri xabar berdi.
Oq korpusli Nokia 6 smartfoni Lazada Philippines chakana savdo kompaniyasining saytida paydo bo‘lgan. Bu kompaniya Filippindagi onlayn savdo sohasida etakchi hisoblanadi va Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand va Vetnamda faoliyat ko‘rsatuvchi Lazada Group tarkibiga kiradi.
Lazada Philippines internet do‘konida telefon sotuvda yo‘q, biroq uning narxi saytda e’lon qilib bo‘lingan. Bundan kelib chiqadiki, Nokia 6 smartfonlari Xitoydan boshqa mamlakat bozorlarida ham sotuvga chiqadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar