11:04 / 28.01.2017
4 954

Toshkentda texnologik chiqindilarni yig‘ish punktlari ochiladi

Toshkentda texnologik chiqindilarni yig‘ish punktlari ochiladi

Aprel oyi oxiriga qadar Toshkentdagi yirik savdo maydonlari va jamoat joylarida qattiq xo‘jalik va elektron chiqindilar uchun maxsus konteynerlar o‘rnatiladi. Keyinchalik, «Daryo»ning xabar berishicha, Toshkent ko‘chalarida harakatlanuvchi mobil punktlar ham faoliyat olib boradi.

Maxsus konteynerlarga o‘z foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan xo‘jalik yoki kompyuter texnikalarini keyinchalik to‘g‘ri qayta ishlanishi uchun tashlash mumkin.

Konteynerlar turli xildagi chiqindilar uchun alohida qutichalarga ega bo‘lib, o‘sha erdan ular muntazam ravishda utilizasiyaga olib ketiladi.

Loyiha aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida ham amalga oshirilmoqda. Odamlarga eski kompyuter yoki fenni tashlash uchun atayin qaergadir borish noqulay yoki buni hech qachon qilmaydi. Biz esa shaharning barcha tumanlarida maxsus punktlarni tashkil etish orqali aholining utilizasiya muammosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini rag‘batlantirishni xohlaymiz.

Jonibek Berdiev, «Toshrangmetzavod» rangli metall chiqindilarini yig‘ish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari


Chiqindilar «Toshrangmetzavod» bo‘linmalaridagi yuqori texnologiyali liniyalarda ham qayta ishlanishi mumkin. Shunday qilib, elektron chiqindilar ekotizimni ifloslantirishda ishtirok etmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentda texnologik chiqindilarni yig‘ish punktlari ochiladi