«Yandeks.Avtobuslar» yangi servisi foydalanuvchilarga shaharlararo va shahar atrofiga qatnovchi avtobuslarga chiptalar topish va band qilishga ko‘mak beradi, deb yozadi «Daryo».
Servis 2016 yilning oxiridan boshlab sinov rejimida ishlamoqda, 31 yanvar kuni esa rasman ishga tushdi.
Loyihaning bosh sahifasi Rossiya bo‘yicha avtobuslarga chiptalar izlashni taklif qiladi, shuningdek, ro‘yxatda Minsk va Kiev shaharlari ham bor.
Yandeks vakili servis yaratuvchilari ular bilan hamkorlik qilayotgan E-Traffic «OdnaKassa» va «RU-Set» kompaniyalaridan tashqari tashish bozorining boshqa ishtirokchilarini ham jalb etishni rejalashtirayotganligini ma’lum qildi.
«Yandeks.Avtobuslar» ga ulanish orqali tashuvchilar chiptalar sotuvini oshirish va debitorlik qarzlarini qisqartirish imkoniga ega bo‘ladi. Chunki chiptalar sotuvidan tushgan daromad har kuni o‘tkazib beriladi.
«Yandeks» kompaniyasi vakili
«Yandeks» kompaniyasi vakili
«Yandeks» hisob-kitoblariga ko‘ra, rossiyaliklar kompaniya qidiruv tizimi orqali har oyda chiptalar va avtobuslar harakatlanish jadvali, shuningdek, avtovokzallar ish rejimi haqida besh milliondan ortiq savol beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi