
2017 yilda Xitoy pilotsiz o‘ziuchar qurilmani ochiq fazoda sinab ko‘radi. Xitoyning aerokosmik aerodinamikasi Akademiyasining (XAAA) ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur uchuvchi ob’ektning qanotlari uzunligi 40 metrdan oshadi va u quyosh energiyasi yordamida ishlaydi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
XAAA bosh injineri Shi Venning ta’kidlashicha, o‘ziucharning qanotlari Boeing 737 avialayneri qanotlaridan uzun. Qurilma odatiy sharoitdagi sinovlardan yaxshi o‘tdi, deb xabar beradi OAVga Shi Ven.
Shuningdek, bosh injener yangi o‘ziuchar qurilmaning fazoda uchish sinovlarining aniq vaqtini ma’lum qilib, odatda bunday dronlar 20 dan 30 kilometrgacha bo‘lgan balandlikda, soatiga 150-200 km tezlikda ucha olishini ma’lum qildi. Mazkur qurilmadan radiolokasiya kuzatuv ishlarida, havo razvedkasida, tabiiy ofatlar monitoringi va aloqa uzatishda foydalanish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar