11:51 / 21.02.2017
6 689

Mobil platformalar o‘rtasidagi urush tugadi

Mobil platformalar o‘rtasidagi urush tugadi

Gartner hisobotiga ko‘ra, bugungi kunga kelib dunyo bozorida smartfonlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat deyarli yo‘qoldi, deb yozadi Kun.uz sayti. Hisobotga ko‘ra, sotilayotgan smartfonlarning 99 foiziga Android yoki iOS operasion tizimlari o‘rnatilgan.

Bunchalik katta farq avval kuzatilmasdi. 2010 yilda Android va iOS bozorning ko‘pi bilan 40 foizini egallardi. O‘sha vaqtda Symbian va BlackBerry qurilmalarining bozordagi ulushi ko‘proq, Windows smartfonlari hissasi esa 4,2 foiz edi.

O‘tgan vaqt ichida Symbian qurilmalari yo‘q bo‘lib ketdi, BlackBerry kompaniyasi esa Android operasion tizimiga o‘tdi.

Microsoft hozircha foydalanuvchilari uchun Windows 10 Mobile platformasidan voz kechmadi. Ammo Windows yoki boshqa istalgan platforma Android yoki iOS’ga raqobat tug‘dira olishi ehtimoldan yiroq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Mobil platformalar o‘rtasidagi urush tugadi