Yevroparlament: “Robotlar uchun maxsus qonun ishlab chiqish mavridi keldi”


Yevropa qonunshunoslari robotlar va ular bilan bog‘liq har qanday hodisalarni tartibga solish maqsadida Yevropa Ittifoqi bo‘ylab amal qiladigan qonun chiqarish taklifini bildirishdi, deb yozmoqda Hilol.uz sayti.
Yangi qonun bo‘yicha taklif Yevrokomissiyaga kiritilgan. Yevrokomissiya bu taklifni amalga oshirishga majbur bo‘lmasa-da, agar uni noo‘rin deb hisoblasa, biror arzirli sabab ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
“Boshqa davlatlarnikiga amal qilishga majbur bo‘lmasligi uchun Yevropa Ittifoqi bu sohadagi mezonlarni o‘rnatishga yetakchilik qilishi kerak”, – deyiladi parlament bergan bayonotda.
2015 yilning o‘zida sanoat robotlarini yetkazib berish 15 foizga oshgan va bu boradagi mablag‘ aylanmasi 46 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Tibbiy, maishiy va shaxsiy ehtiyojlar uchun robotlarga bo‘lgan talab kun sayin oshib bormoqda.
Ammo ish jarayonida robotlardan foydalanayotgan ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga robot solig‘i solish taklifi parlamentda rad etildi.
“XRF (Xalqaro Robot Federatsiyasi) ishonadiki, robotlarga soliq solish bandlik va raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir o‘tkazadi”, – deyiladi Frankfurtda joylashgan tashkilot bergan ma’lumotda. Shuningdek, ko‘pchilikning fikricha, avtomatlashtirish va robotlardan foydalanish samaradorlikni oshiradi va yangi ish o‘rinlarini yaratadi.































Izohlar 0
…