Sony korporasiyasi SF-G Series oilasiga mansub UHS-II SD flesh-kartalarini namoyish qildi. Ta’kidlanishicha, bu kartalar dunyodagi eng tezkor flesh-kartalardir, deb yozadi Kun nashri.
Kartaning yozish tezlishi 299 Mbayt/sekundga etadi. Ma’lumotlar esa 300 Mbayt/sekund tezlik bilan o‘qilishi mumkin.
Shu tariqa, xotira kartalari yuqori tezlikdagi ketma-ket fotosuratga olish va videomateriallarni 4K/UHD formatida yozishga mo‘ljallangan professional qurilmalarda qo‘llash uchun mos keladi.
SF-G Series kartalar oilasi 32, 64 va 128 Gbayt xotiraga ega kartalarni o‘z ichiga oladi. Ta’kidlanishicha, bu turdagi kartalar yuqori ishonchliligi va uzoq vaqt ishlashi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, ular suv va statistik elektrdan "qo‘rqmaydi".
Xotira kartalari o‘chirib yuborilgan yoki shikstlangan fayllarni tiklash uchun mo‘ljallangan File Rescue dasturi bilan birga taklif qilinadi. Kartalar bilan ishlash uchun USB 3.1 Gen1 interfeysli MRW-S1 rideri qo‘llanishi kerak.
Yangi kartalar aprelda sotuvga chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi