
Seiko kompaniyasi Stiv Jobsning mashhur portretidagi soatning cheklangan seriyasini chiqaradi, deb yozadi Daryo. U faqat Yaponiyada Nano Universe riteyleri bilan hamkorlikda sotiladi.
Savdolar 10 martda boshlanadi: birinchi seriyada 1982 ta nusxa, ikkinchisida — 300 ta bo‘ladi. Bir juft soatning narxi soliqlarni hisobga olmaganda 20 ming iena (taxminan 180 dollar)ga teng bo‘ladi.
Seiko Chariot soati 80-yillar boshida chiqarilgan. 1984 yilda Stiv Jobs shunday soatni taqib, qo‘lida Apple Macintosh kompyuteri bilan portret uchun suratga tushgan, u Time jurnali muqovasida chiqqan edi. 2016 yilda xuddi shu soat kimoshdi savdosida 42,5 ming dollarga sotildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing