22:15 / 26.02.2017
5 605

Hindistonda narxi 4 dollar bo‘lgan smartfonlar etkazib berishni va’da qilgan kompaniya asoschisi qo‘lga olindi

Hindistonda narxi 4 dollar bo‘lgan smartfonlar etkazib berishni va’da qilgan kompaniya asoschisi qo‘lga olindi

Hindistonning G‘oziobod shahri polisiyasi narxi 4 dollar bo‘lgan smartfonlar etkazib berishni va’da qilgan Ringing Bells kompaniyasi asoschisi Moxit Goelni firibgarlikda gumon qilib, qo‘lga oldi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib «Daryo» xabar bermoqda.

Ringing Bells loyihani ishga tushirgan payt — o‘tgan yil fevralida 4 dollar 251 rupiyga to‘g‘ri kelgan, shu sababli smartfon Freedom 251 nomini oldi. Kompaniya qisqa vaqt mobaynida 70 million buyurtma to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

2016 yil 30 iyunda 2,5 million smartfon etkazib berish va’da qilingandi, biroq iyulga kelib atigi 5 ming dona qurilma etkazildi, xolos. Shundan so‘ng kompaniya aslida Tayvan ishlab chiqaruvchisining tayyor telefoni bo‘lgan Freedom 251 haqida umuman hisob bermay qo‘ydi. Smartfon sotuvi to‘xtatildi va kompaniya buning o‘rniga qimmat smartfonlar va boshqa texnika oldi-sotdisi bilan shug‘ullandi.

Moxit Goel to‘lagan mablag‘i evaziga vaqtida va sifatli smartfonlarni ololmagan Ayam Enterprises kompaniyasi shikoyatiga ko‘ra hibsga olindi. Polisiya kompaniyaning boshqa rahbarlarini ham qo‘lga olish choralarini ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Hindistonda narxi 4 dollar bo‘lgan smartfonlar etkazib berishni va’da qilgan kompaniya asoschisi qo‘lga olindi