Smartfonlarning zarari haqida aytilayotgan gaplarning hammasiga ham ishonish kerak emas, ammo sevimli texnikamiz haqiqatda sababchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan jismoniy kasalliklar ham mavjud. Ularni orttirib olish xavfi esa juda katta, deyiladi Daryo nashri chop etgan maqolada.
Ko‘z bilan bog‘liq muammolar
Ko‘z kompyuterga nisbatan smartfondan ko‘proq aziyat chekadi — kichik ekrandagi mayda harflarni nimqorong‘i metro vagonida o‘qishga urinish asoratsiz bo‘lmaydi. Natijada oftalmologlar «quruq ko‘z sindromi» deb ataydigan muammo yuzaga keladi, bunda ko‘z og‘rib, shilliq parda qurib ketadi, ko‘z oqi esa qizaradi.
Bel bilan bog‘liq muammolar
Smartfonlar qadni tik tutib turishimizga to‘sqinlik qiladi. Ko‘zni pastga — ekranga qaratib, siz boshingizni egasiz va natijada belga og‘irlikni ko‘paytirasiz. Pastga tushirilgan bosh miyaning qon bilan normal ta’minlanishiga to‘sqinlik qiladi, oqibatda esa qattiq charchash va besabab bosh og‘riqlaridan azob chekasiz.
Uyqu bilan bog‘liq muammolar
Smartfon doimiy ravishda tanangizni «nurlantirib turadi» — buni sezmasligingiz mumkin, lekin uning oqibatlarini sezmasdan qolmaysiz. Masalan, sizning uyqu va uyg‘oqlik sikllaringiz buziladi, natijada esa sizda uyqusizlik yuzaga keladi. Shuningdek, telefonni yoningizda olib yotsangiz ham, u uyqu bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi: ekranning yuqori darajada yorqinligi miyaga hali ham kunduzgi vaqt davom etayotgani haqida yolg‘on xabar yuboradi, natijada melatonin uyqu garmonini ishlab chiqarish pasayadi.
Yurak bilan bog‘liq muammolar
Gadjetning elektromagnit nurlanishi yurakka ham ta’sir qilishi mumkin. Ushbu elektromagnit to‘lqinlar bilan uchrashgan vaqtda eritrositlardagi (qizil qon tanachalari) gemoglobin konsentrasiyasi pasayadi. Gemoglobinsiz esa ular o‘zlarining asosiy funksiyasi — kislorod tashishni bajara olmaydi. Bundan birinchi bo‘lib yurak azob chekadi — taxikardiya va sistolik shovqin paydo bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”