Tesla avtomobillarni qisqartirib robotlarga o‘tyapti

The Insider’ning yozishicha, Tesla kompaniyasi yaqin yillarda elektromobil ishlab chiqarish faoliyatini qisqartirib, e’tiborni gumanoid robotlar ishlab chiqishga qaratmoqchi. Kompaniya bu qarorni daromad pasayishi fonida qabul qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tesla tarixida ilk bor yillik daromad kamaygan. Aynan shu moliyaviy bosim kompaniyani strategik o‘zgarishlarga undagan.
Shuningdek, 2025-yil yanvar oyida Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobil ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Tesla'ni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylangan.
Tesla’ning ba’zi mashhur modellarni to‘xtatishga qaror qilgani AQShda elektromobillarni qo‘llab-quvvatlovchi dasturlar qisqarayotgan bir pallaga to‘g‘ri kelmoqda. Jumladan, AQSh prezidenti Donald Tramp ichki yonuv dvigatelli transport vositalarini qo‘llab-quvvatlash tarafdori sifatida ayrim yashil dasturlarga qarshi chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!