Evropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari banklarning kiberhujumlarga qarshilik ko‘rsatishga tayyorgarligini tekshirish uchun umumiy talablarni ishlab chiqishi kerak bo‘ladi. Evrkomissiya rais o‘rinbosari Valdis Dombrovskis Bryusseldagi konferensiyada shu haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun nashri.
"Biz turli mamlakatlarda qabul qilingan ko‘plab test sinovi qoidalarini chetlab o‘tmoqchimiz. Biz chegaraning barcha tomonlarida yo‘lga qo‘yiluvchi test sinovlari standartlarini qabul qilish zarur deb hisoblaymiz", - dedi Dombrovskis. Siyosatchining fikricha, umumiy standartlar EI miqyosida umumiy stress-testlarni o‘tkazish uchun yo‘l ochib beradi, bu haqida Evrokomissiya a’zolari bir necha bor aytishgan.
Hozirda Evrokomissiya chakana moliyaviy xizmatlar bozoriga oid harakatlar rejasini tayyorlamoqda. Sug‘urta, to‘lov va kredit bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar ham shular jumlasidandir. Yaqin haftalar ichida shunga doir hujjat chop etiladi. Dombrovskisning so‘zlariga ko‘ra, harakatlar rejasi tashkilotlarni elektron imzo va elektron ID kabi masofadan asl nusxani tekshiruvchi texnologiyalarni qo‘llashga rag‘batlantiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz"