Internetga ulangan yumshoq ayiqcha yordamida bolalar va ularning ota-onalari bir-birlariga iliq xabarlar yo‘llay olishadi - bu xakerlarga ota-onalarning elektron manzillari va parollariga yo‘l ochib berishini hisobga olmaganda, yaxshi g‘oya, albatta. OAV xabariga ko‘ra, Spiral Toys kompaniyasining CloudPets "aqlli" yumshoq o‘yinchoqlari bilan xuddi shunday voqea yuz bergan, deb yozmoqda Kun nashri.
Bir necha hafta davomida o‘yinchoq sohiblarining shaxsiy ma’lumotlar bazasi va ularning xabarlari istagan odam tomonidan internet orqali kuzatilishi mumkin edi. Shunga qaramay, ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, ma’lumotlar maxfiyligiga nafaqat ularning himoyalanmagan bazasi, balki yumshoq o‘yinchoqlarning o‘zi ham tahdid tug‘dirgan. Britaniyaning axborot xavfsizligi bo‘yicha eksperti Pol Stounga ko‘ra, g‘arazli maqsadli kishilar CloudPets jonivorini osonlik bilan josuslar qurilmasiga aylantirishi mumkin.
Stounning so‘zlariga ko‘ra, CloudPets'da Bluetooth-ulanishning hech qanday standart himoya mexanizmlari, masalan, o‘yinchoq va smartfondagi ilova o‘rtasida uzatilgan ma’lumotlarni shifrlovchi tizim yo‘q. 10 metr radiusdagi har qanday inson oddiy smartfon orqali o‘yinchoqqa ulanishi mumkin.
Xaker o‘yinchoqqa kiberhujum uyushtirib, uning yordamida bolani kuzatishi yoki uni qo‘rqitishi va haqorat qilishi mumkin. Yaqin oradagi istagan kishi ayiqchaga xabar yuklashi yoki sezdirmay mikrofonni yoqib, audioyozuvni ko‘chirib olishi hech gap emas. Agar unga qarata yo‘naltirilgan antenna qo‘llanilsa, hatto 10 metr radiusda joylashishga ham hojat qolmaydi, deydi Stoun. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi