
Facebook asoschisi Mark Sukerberg kompaniyaning Kaliforniya shtatidagi Menlo-Park shahrida joylashgan shtab-kvartirasida o‘tkazgan savol−javoblar sessiyasida o‘zining kompyuter o‘yinlariga munosabati haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda «TJournal.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Sukerbergning so‘zlariga ko‘ra, kompyuter uning hayotiga 10 yoki 11 yoshida kirib kelgan va u doimo o‘zi o‘ynagan o‘yinlarni yaxshilashni istagan. Shu xohish tufayli u video o‘yinlarni yarata boshlagan, ular «dahshatli» bo‘lsa−da, o‘zi yaratgan narsasidan foydalana olish unga zavq bergan.
«Ota−onalar bolalari o‘yin o‘ynashidan xavotirlanishi haqida ko‘p eshitaman. Albatta, bunga asos bor va ushbu masala yuzasidan muhim bahslar shakllangan. Agar siz bolalaringiz dasturlash bilan shug‘ullanishini istasangiz − ularga o‘ynash imkoniyatini berishingiz eng yaxshi ishlardan biri deb o‘ylayman. Agar men bolaligimda video o‘yinlarini o‘ynamaganimda, dasturchi bo‘la olmas edim», − dedi Sukerberg. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar