Telegram messenjerining Beta-versiyasi mavjud bo‘lgan istagan kishi unda qo‘ng‘iroqlarni sinovdan o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Manbaga ko‘ra, qo‘ng‘iroqlar end-to-end shifrlovi bilan himoyalangan. Sizga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘lgan kishilar ro‘yxatini cheklashingiz yoki kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni butkul taqiqlashingiz mumkin. Qo‘ng‘iroqlar hozircha faqat test rejimida ishlamoqda.
Shuningdek kanalda qo‘ng‘iroqni qanday amalga oshirish mumkinligiga izoh berilgan.
Foydalanuvchilar @news_telegram guruhida test serverida bir-birlariga qo‘ng‘iroq qilishga urinib ko‘rishmoqda. Ba’zilar haqiqatda buning uddasidan chiqishganini ta’kidlashmoqda, ilovada ham telefon go‘shagining piktogrammasi paydo bo‘ldi. Chat qatnashchilari ham Telegram ishlab chiqaruvchilari yangi funksiyani sinovdan o‘tkazish uchun bu xabarni o‘zlari tarqatishgani taxmin qilinmoqda.
Hamjamiyat muharrirlari bu yakuniy funksiyalar emasligini ta’kidlashmoqda.
2017 yilning 17-yanvarida messenjer asoschisi Pavel Durov kompaniya Telegram'ga audioqo‘ng‘iroqlar funksiyasini qo‘shishni rejalashtirayotganini tasdiqlagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi