
AQShning Milliy xavfsizligi agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden The Intercept’ga bergan intervyusida MRB televizorlarni buzib kirib, ularni josuslik qurilmalariga aylantirishi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Mashable'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
AQSh josuslik boshqarmasi Samsung televizorlarini yashirincha eshitish uchun mikrofonlar sifatida ishlatayotgani haqida ma’lumot WikiLeaks sayti tomonidan taqdim etildi. Snoudenning xabar berishicha, MRBga buzib kirish uchun kishining uyiga kirishi shart emas, televizorni oddiy USB-fleshkasi yordamida ham buzib kirish mumkin.
«MRB sizning qurilmalaringizni aeroportlarda, ularni Amazone yoki boshqa bir erdan xarid qilayotganingizda kuzatib boradi», - deya ma’lum qildi MXA sobiq agenti. «Ular qutini olib, elimni yumshatish uchun fenni olishadi, so‘ngra uni ochishadi va ichkariga fleshkani joylashtirishadi. Qutini yopib qo‘yishadi va sizning uyingizga jo‘natishadi. Natijada siz buzib kirilgan router, kompyuter yoki televizorni olasiz».
Avvalroq Samsung kompaniyasi Markaziy razvedka boshqarmasi o‘z «aqlli» televizorlaridan josuslik maqsadlarida foydalangani haqida tarqatilgan ma’lumotni tekshirishi haqida xabar bergandik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar