OpenAI tasodifan yangi GPT-5.4 modelini ko‘rsatib qo‘ydi

OpenAI kompaniyasi Codex materiallarida tasodifan yangi GPT-5.4 modelini ko‘rsatib qo‘ygan bo‘lishi mumkin, deb Rozetked xabar berdi. Ushbu yangi model haqidagi ma’lumotlar X ijtimoiy tarmog‘ida va GitHub’dagi PR tavsiflarida paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilarning tahminiga ko‘ra, kompaniya GPT-5.3 versiyasini o‘tkazib yuborib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri GPT-5.4 ni taqdim etishi mumkin. Bunga kompaniya materiallarida qoldirilgan bir nechta imloviy xatolar sabab bo‘ldi.
Voqealar rivoji quyidagicha bo‘ldi:
* Hammasi GitHub’dagi kod o‘zgarishlaridan boshlandi, u yerda dasturchilar neyrotarmoqning tasvirlarni siqmasdan, asl holida qayta ishlash funksiyasini joriy qilayotgan edi.
* PiunikaWeb portalining ta’kidlashicha, dastlabki tavsifda "GPT-5.4 va undan yangiroq" modellarini qo‘llab-quvvatlash haqida yozilgan.
* Ko‘p o‘tmay xatolik payqalib, matn gpt-5.3-codex ko‘rinishiga o‘zgartirilgan.
* Tarmoqda GPT-5.4 modeli standart tanlov menyusida ko‘rinib qolgan skrinshotlar ham tarqaldi.
* Eslatib o‘tamiz, hozirgi GPT-5.3-Codex versiyasi atigi ikki hafta oldin, 5-fevralda chiqarilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!