21:35 / 23.03.2017
8 201

Foydali ish koeffisienti rekord ko‘rsatkichli quyosh batareyasi yaratildi

Foydali ish koeffisienti rekord ko‘rsatkichli quyosh batareyasi yaratildi
Yaponiyalik mutaxassislar quyosh batareyasining foydali ish koeffisienti (FIK) 26,3 foiz bo‘lishiga erishdilar. Ular bunga qanday muvaffaq bo‘lganlari haqida Nature energy jurnalidagi maqolada so‘zlangan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Kremniy quyosh batareyasining FIKi uchun maksimal nazariy chegara 29 foizni tashkil qiladi. Biroq bu ko‘rsatkichga hali hech kim erisha olmagan. Amaliyotda FIK 20 foizga yaqinni tashkil qiladi, rekord ko‘rsatkich esa 25,6 foizni tashkil qilgan. Yaponiyalik olimlar bu ko‘rsatkichni 26,3 foizga etkazishga muvaffaq bo‘ldilar.

Ular buning uchun taqiqlangan zonalar – ideal kristalldagi elektron ega bo‘la olmaydigan energiya qiymatlari sohasini minimallashtirish uchun yuqori sifatli yupqa plyonkali geteroo‘tish dan(ikkita turli yarimo‘tkazgich kontakti) foydalanishgan. Bundan tashqari, olimlar batareyaning yuqori qismini amorf kremniy va fotonlar tarqalishidan qochish uchun aksqaytaruvchi qoplama bilan qoplashgan.

Mutaxassislar batareyani yanada takomillashtirishni rejalashtirilmoqdalar. Ular 29 foizlik FIKga erishishga imkon bermayotgan bir necha sabablarni aniqlashdi. Bu sabablar orasida optik yo‘qotishlar va tashqi rekombinasiyadagi yo‘qotishlar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Foydali ish koeffisienti rekord ko‘rsatkichli quyosh batareyasi yaratildi