date

Yangi iPhone 17e'ni O‘zbekistonda qanday buyurtma qilsa bo‘ladi

Yangi iPhone 17e'ni O‘zbekistonda qanday buyurtma qilsa bo‘ladi

Apple hamyonbop iPhone 17e modelini taqdim etdi va u kompaniyaning eng arzon smartfonlaridan biriga aylandi. Yangi qurilma qora, oq va och pushti ranglarda chiqadi: 256 GB versiya 599 dollardan, 512 GB esa 799 dollardan boshlanadi. Oldindan buyurtmalar 4 martdan qabul qilinadi, rasmiy sotuvlar 11 martdan start oladi.

Eng katta yangilik — iPhone 17e MagSafe magnitli tizimini qo‘llab-quvvatlaydi (iPhone 16e'da yo‘q edi). Apple ma’lumotiga ko‘ra, telefon bir marta quvvatlanganda 26 soatgacha ishlay oladi, taxminan 30 daqiqada 50% quvvat olishi mumkin.

O‘zbekistondan buyurtma qilish tartibi qisqacha

 1. Kargo tanlang: Meest Uzbekistan, Globbing, Polar Express kabi xizmatlarda ro‘yxatdan o‘ting.
Kichik layfxak: shaxsiy manzilni Delaware'dan tanlasangiz, Sales Tax 0% bo‘ladi va 50–60 dollarcha tejash mumkin.

 2. Xarid qiling: Apple Official Store yoki Amazon.com'dan oling.
Muhim: iPhone Unlocked bo‘lishi shart. Shipping Address'ga kargodan olgan AQSH manzilingizni kiritasiz.

 3. Deklaratsiya qiling: kargo saytida “Add parcel” orqali tracking number, mahsulot nomi (iPhone 17e) va narxini ($599) kiritib, invoice'ni PDF qilib yuklaysiz.

 4. Bojxona to‘lovi: 2025 yil 1 maydan bojsiz limit 200 dollar. 599 dollarlik telefonda farq $399 bo‘ladi va 30% yagona boj — $119.70.
Qo‘shimcha bojxona rasmiylashtiruv yig‘imi taxminan 103 000 so‘m.

 5. UZIMEI: UZIMEI.uz'da IMEI kiritasiz, ma’lumotlarni to‘ldirib, davlat bojini (103 000 so‘m) to‘laysiz.

Jami taxminiy hisob (256 GB)

- Smartfon: $599

- Yetkazish: $20

- Bojxona to‘lovi: ~$120

- Bojxona yig‘imi: ~$9

- UZIMEI: ~$8
Jami: taxminan $756 atrofida.

Ayni paytda Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasida iPhone 17e sotuvlari aprel oyidan boshlanishi kutilmoqda, narxi esa taxminan 800 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yangi iPhone 17e'ni O‘zbekistonda qanday buyurtma qilsa bo‘ladi