5 mart uchun dollar kursi prognozi e'lon qilindi

O'zbekiston valyuta bozorida dollar kursining navbatdagi pasayishi kutilmoqda. Tahlillarga ko'ra, 2026-yil 5-mart kuni amal qiladigan AQSH dollarining rasmiy kursi taxminan 30-31 so'm atrofida pasayishi prognoz qilinmoqda.
Hozirda tijorat banklarida dollarni ayirboshlash bo'yicha turli ko'rsatkichlar qayd etilgan. Xususan, aholi uchun dollarni sotish bo'yicha eng manfaatli takliflar Asia Alliance Bank va MKBank tomonidan taqdim etilmoqda, ularda kurs 12 170 so'mni tashkil etmoqda. Shuningdek, BRB va Agrobank muassasalarida ushbu ko'rsatkich 12 160 so'm etib belgilangan.
Dollar sotib olmoqchi bo'lganlar uchun esa Octobank, Aloqabank, Anorbank va Davrbank eng qulay narxlarni taklif etmoqda. Ushbu banklarda sotib olish kursi 12 210 so'm darajasida qayd etilgan. Valyuta bozoridagi bunday tebranishlar tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun moliyaviy qarorlar qabul qilishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!