Amerikaning salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi Pepsi xoldingi, mamlakatning eng yirik chakana savdo tarmog‘i – Walmart kompaniyasi va mashhur Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i YouTube videoxizmatida reklamalar joylashtirmaslik aksiyasiga qo‘shilganlarini e’lon qilishdi. Bunga ekstremistlarga doir videolavhalar bilan bog‘liq mojarolar sabab bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz nashri.
"Biz ayrim reklama roliklarimiz zo‘ravonlik va ko‘rolmaslik kabilarni targ‘ib qiluvchi videolar orasida namoyish etilganidan afsusdamiz", - deyiladi Pepsi xabarida. Unda aytilishicha, bu kompaniyaning "asosiy qadriyatlariga ziddir".
"Bizlarni biriktirib qo‘ygan lavhalar dahshatlidir va kompaniya obro‘siga mos kelmaydi", - deb ta’kidlashgan Walmart kompaniyasida.
Starbucks ham vaqtincha YouTube saytida reklama joylashtirishdan bosh tortishini ma’lum qildi.
Avvalroq, bir necha kompaniyalarning YouTube saytidagi reklama roliklari ekstremist kayfiyatdagi lavhalar bilan birga namoyish etilgani haqida shov-shuvli xabarlar paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, bir necha yirik kompaniyalar Google internet-gigantiga tegishli YouTube sayti bilan bu borada hamkorlik qilishdan bosh tortdi.
Ular orasida Amerikaning Verizon va AT&T telekommunikasiya kompaniyalari, kosmetika va tibbiy anjomlar ishlab chiqaruvchi Johnson & Johnson, shuningdek, Buyuk Britaniyaning Royal Bank of Scotland, HSBC va Lloyds banklari bor.
Google, o‘z navbatida, reklama qanday joylashtirilishi bo‘yicha nazoratni kuchaytirish borasida qo‘shimcha choralar ko‘rilishiga va’da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas