17:57 / 01.04.2017
5 953

Haydovchilarga jarima haqida ma’lumot beruvchi sayt aprel oxirigacha ishga tushadi

Haydovchilarga jarima haqida ma’lumot beruvchi sayt aprel oxirigacha ishga tushadi
Toshkentdagi yo‘l kameralarida qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima to‘lovi haqidagi barcha ma’lumotlar aks etuvchi sayt shu oyda ishga tushadi, deb ma’lum qildi poytaxt IIBB, deb yozmoqda "Sputnik" nashri.

Saytning ishlash jarayoni juda oddiy — avtomobil egasi maxsus kataklarga pasporti hamda telefon raqamlarini kiritadi va real vaqt rejimida jarimaga tortilganmi-yo‘qmi aniqlashi mumkin bo‘ladi.

Saytda ko‘rsatilgan ma’lumotni tasdiqlatish uchun esa 254-22-16 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Kelgusida saytda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun jarimalar haqida maxsus SMS-jo‘natmalar joriy etish va maxsus mobil ilovani ishga tushirish mo‘ljallanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Haydovchilarga jarima haqida ma’lumot beruvchi sayt aprel oxirigacha ishga tushadi