
Shveysariyaning Lugano shahridagi ikki kasalxona qon etkazib berish uchun dronlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Yangi texnologiya yo‘llarda yuz beradigan murakkab vaziyatlarni chetlab o‘tgan holda biomaterialni tezkorlik bilan etkazib berish imkonini beradi. Loyiha Swisspost pochta xizmati ko‘magida yaratildi. Bu haqda TJournal'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Amerikaning Matternet kompaniyasi mahsuloti hisoblangan dronlarga laboratoriya konteyneri joylashtiriladi. Shundan so‘ng kasalxona xodimlari dronni mobil dastur yordamida ishga tushiradi. Belgilangan joyda ikkinchi kasalxona xodimi jo‘natmani qabul qilib oladi.
Uchuvchi vositalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida kompaniya aviasiya sohasidagi tartibga soluvchi organlar bilan hamkorlik qila boshladi. Dron binolarni va parvoz uchun yopiq hududlarni chetlab o‘tadi.
Qurilma ikki kilogrammgacha bo‘lgan yukni 20 kilometrgacha bo‘lgan masofaga olib bora oladi. Uning tezligi soatiga 36 kilometrgacha etishi mumkin. Infraqizil datchiklar dronga favqulodda holatlarni aniqlashga va parashyut yordamida erga tushishga imkon beradi.
Swisspost’ning xabar berishicha, dronlar dastlab shaharlar hududida tibbiy maqsadlarda foydalaniladi. Bundan avval dronlar Ruandadagi qishloqlarda dori va qon etkazib berish kabi vazifalarni bajargan.
The Verge nashrining yozishicha, dronlar sinovi 2017 yilning mart oyi o‘rtalarida boshlangan. O‘sha vaqtdan buyon ikki kasalxona o‘rtasida 70 dan ortiq sinov o‘tkazildi. Xizmatni doimiy asosda ishga tushirish 2018 yilda rajalashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar