Yaqinda Samsung kompaniyasi Nyu-Yorkda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Galaxy S8 hamda Galaxy S8+ flagman smartfonlarini rasman taqdim qilganidan xabaringiz bor. Unda ko‘plab innovasion texnologiyalar joriy etilgan, deb yozadi Terabayt saytiga tayaanib "Sof.uz"nashri.
Shular qatorida alohida ta’kidlanayotgan bir jihati – bu smartfon o‘z egasining nafaqat barmoq izi va ko‘z pardasini skanerlashi, balki uning qiyofasini ham tanib olishi bo‘ldi. Ammo ayni shu joyiga kelganda, Samsung bir narsani inobatga olmagan ko‘rinadi. Chunki, bu yo‘l bilan himoyalangan yangi flagmanlarni aldash yo‘li topildi!
Gap shundaki, yuzni tanish texnologiyasi inson yuzidagi muayyan nuqtalarning joylashuvi orqali ishlaydi. Hi-Tech Mail.ru nashri esa, Galaxy S8’ni shu funksiya orqali aldash mumkin, degan mish-mishlarni sinab ko‘rdi va… Yaxshisi, buyog‘ini quyidagi videolavhada o‘zingiz ko‘rib oling:
Ko‘rib turganingizdek, yangi smartfonlar egalari o‘zlarining sevimli devayslarini bloklash uchun boshqa usullardan foydalanganlari ma’qul ekan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi