Nvidia va Palantir rahbarlari 4,6 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi

Nvidia va Palantir rahbarlari so'nggi 12 oy ichida 4,6 milliard dollarlik aksiyalarini sotishdi. Bu jarayon sun'iy intellekt sohasida xavotirlar ortayotganini ko'rsatmoqda. Nvidia rahbarlari 2,4 milliard, Broadrcom 1,14 milliard va Palantir 1 milliard dollarlik aksiyalarni sotgan. Mutaxassislar rahbarlarning aksiyalarni sotishi kelajakdagi o'sishga ishonch yo'qligini anglatishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
Sun'iy intellekt infratuzilmasini yaratuvchi kompaniyalar bozorda katta muvaffaqiyatga erishdi. Biroq so'nggi ma'lumotlar soha ichida xavotir ortib borayotganini ko'rsatmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Nvidia, Palantir va Broadcom kabi yirik o'yinchilarning top-menejerlari o'z aksiyalarini faol ravishda sotishni boshladi. O'tgan 12 oy ichida ular jami 4,6 milliard dollarlik aksiyalarni sotib yubordi.

Xususan, Nvidia rahbarlari 2,4 milliard, Broadcom 1,14 milliard va Palantir 1 milliard dollarlik aksiyalarini sotgan. Shu bilan birga, ular tomonidan deyarli yangi aksiyalar xarid qilinmagan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, aksiyalarni sotish har doim ham salbiy holat emas. Ammo rahbarlarning o'z kompaniyasi aksiyalarini sotib olmasligi kelajakdagi o'sishga ishonch yo'qligidan dalolat beradi.
Hozirgi vaqtda sun'iy intellekt bozori eng istiqbolli yo'nalishlardan biri bo'lib qolmoqda. Biroq bozor ishtirokchilarining harakatlari investorlarni ehtiyotkor bo'lishga chaqirmoqda.































Izohlar 0
…