Spotify sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan shaxsiy podkastlar markaziga aylanmoqda

Spotify platformasi foydalanuvchilarga sun'iy intellekt yordamida yaratilgan shaxsiy audio kontentlarni tinglash imkoniyatini taqdim etmoqda. Buning uchun OpenAI’ning Codex, Anthropic’ning Claude Code yoki OpenClaw kabi vositalaridan hamda Spotify’ning yangi beta-versiyadagi CLI vositasidan foydalanish talab etiladi. Ushbu jarayon natijasida yaratilgan podkastlar faqat foydalanuvchining shaxsiy kutubxonasida saqlanadi va boshqa Spotify foydalanuvchilari uchun ochiq bo'lmaydi.
Soʻnggi yillarda Google’ning NotebookLM, Hero va Adobe Acrobat kabi ilovalar foydalanuvchilarga hujjatlar, kundalik rejalar va maqolalar asosida podkastlar yaratish imkonini berib kelmoqda. Endilikda Spotify ham ushbu kontentni oʻz platformasida tinglash imkoniyatini taqdim etmoqda, biroq buning uchun maʼlum dasturlash vositalaridan foydalanish talab etiladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, agar foydalanuvchi OpenAI’ning Codex, Anthropic’ning Claude Code yoki OpenClaw kabi vositalaridan foydalansa, Spotify’ning yangi beta-versiyadagi CLI vositasi orqali podkast yaratib, uni keyinchalik tinglash uchun Spotify’ga yuklashi mumkin. Bu funksiya foydalanuvchilarga oʻzlarining sunʼiy intellekt agentlari yordamida shaxsiy audio kontentlarini shakllantirish imkonini beradi.
Yaratilgan podkastlar faqat foydalanuvchining shaxsiy kutubxonasida saqlanadi va boshqa Spotify foydalanuvchilari uchun ochiq boʻlmaydi. Ushbu yangilikdan foydalanish uchun foydalanuvchilar GitHub sahifasidagi koʻrsatmalarga amal qilishlari va brauzer orqali Spotify akkauntlariga kirishlari kerak boʻladi.
Foydalanuvchilar sunʼiy intellektga aniq topshiriqlar berish orqali, masalan, futbol boʻyicha Jahon chempionati tarixi yoki kunlik rejalari haqida audio sessiyalar yaratishlari mumkin. Jarayon yakunlangach, foydalanuvchi oʻz podkasti uchun Spotify’dagi maxsus havolani qoʻlga kiritadi.































Izohlar 0
…