Toshkent shahridagi 120ta chorrahaga video kuzatuv moslamalari o‘rnatiladi, keyinchalik ularning soni ortadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozmoqda kun.uz.
Ma’lum qilinishicha, yangi tizim qurilish-montaj ishlari nihoyasiga etishi bilan ishga tushiriladi. Bu haqda u ishga tushishidan avval harakat ishtirokchilariga OAV orqali batafsil ma’lumot beriladi.
Joriy etilayotgan yangilikning asosiy maqsadi:
Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘l harakati xavfsizligini zamonaviy texnologiyalar orqali ta’minlashga;
yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalaridan himoyalanganlik darajasini oshirishga;
poytaxt ko‘chalarining yuqori harakat jadalligi sharoitida yo‘l harakatini nazorat qilish, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash, qayd etish hamda profilaktika qilish ishlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Buning uchun nazorat qilinadigan har bir ob’ekt (chorraha) harakatni nazorat qiluvchi, qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlovchi zamonaviy texnik vositalar (intellektual detektorlar, kontrollerlar, videokamera) bilan jihozlanadi.
Chorrahalardagi vaziyatni masofadan uzluksiz kuzatib borish uchun videokameralar hamda fuqarolar uchun maxsus xizmatlarni (ichki ishlar, tez tibbiy yordam va h.k.) chaqirish vositalari o‘rnatiladi.
Loyihani amalga oshirish bilan ushbu sohada muayyan tajribaga ega bo‘lgan AGT Group GmbH kompaniyasining mutaxassislari shug‘ullanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi