08:44 / 11.04.2017
6 044

Word dasturining barcha versiyalarida zaif joy topildi

Word dasturining barcha versiyalarida zaif joy topildi
FireEye kompaniyasining axborot xavfsizligi mutaxassislari Microsoft Word dasturining barcha versiyalarida "nol kuni" xatosi borligi aniqlangan. Ushbu muammo zararli dasturlarni jabrdiyda kompyuteriga o‘rnatishga imkon beradi, deb yozadi "Kun.uz" nashri.

G‘araz niyatli odamlar hujumni amalga oshirishlari uchun foydalanuvchiga elektron pochta orqali zararlangan RTF-hujjatni yuborishlari etarlidir. Hujjat ochilganda Visual Basic skripti bajariladi va xakerlarga zararli dasturni yuklashga va jabrdiyda kompyuterining ustidan nazoratni olishga ijozat beradi.

Ba xatolik barcha himoya choralarini chetlab o‘ta olishga imkon beradi. Boshqa shunga o‘xshash hujumlardan farqli o‘laroq, bu erda makrosni ishga tushirish talab qilinmaydi. Bu dastur Windows operasion tizimining barcha versiyalarida, jumladan Windows 10’da ham ishlaydi.

Microsoft bu muammo borligidan xabardor qilingan va xatolikni tuzatuvchi maxsus dasturni 11 apreldayoq chiqarishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Word dasturining barcha versiyalarida zaif joy topildi