11:55 / 05.06.2015
6 995

Beeline Club va Choco Lounge Bar Facebook tarmog‘ida tanlov e’lon qildilar

Beeline Club va Choco Lounge Bar Facebook tarmog‘ida tanlov e’lon qildilar

2015 yil 5 iyun, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori Beeline Choco Lounge Bar restorani bilan hamkorlikda Beeline Club sahifasining foydalanuvchilari uchun tanlov natijalarini e’lon qildi. Mazkur joyda bo‘lib o‘tadigan tushlikga ikki kishilik vaucherni qo‘lga kiritgan g‘olib Gulnara Alimjanova-Muxammedova bo‘ldi.

G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlandi. Natijalar skrinshoti www.facebook.com/beelineclub sahifasida chop etildi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun Beeline Club sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Choco Lounge Bar‘dan ikki kishilik tushlikni yutib olishni istayman!” deb yozish lozim edi.

Facebook‘dagi Beeline Club sahifasi Beeline kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun Beeline xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga Gold kartasi, 3000 ball evaziga esa Platinum kartasini qo‘lga kiritish mumkin.

Beeline‘ning Beeline Club‘ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot www.facebook.com/beelineclub sahifasida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Beeline Club va Choco Lounge Bar Facebook tarmog‘ida tanlov e’lon qildilar