Dubay fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi shaharda dronlarni uchirish uchun tegishli lizensiya bo‘lishi kerakligini majburiy shart qilib qo‘ydi. Bu haqda Arabian Business nashriga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Avvalroq dronlar bir necha marotaba Dubay xalqaro aeroporti ishining vaqtinchalik to‘xtashiga sabab bo‘lgandi.
1 may kunidan kuchga kiradigan yangi qoidalarga ko‘ra, dron xarid qilmoqchi bo‘lganlar fuqarolik aviasiyasi boshqarmasida lisenziya olishga ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
"Odamlar dronlarni Dubayning istalgan do‘konidan sotib olishlari mumkin, biroq ularda lisenziya bo‘lmaguncha, uni do‘kondan olib ketishlariga ruxsat bo‘lmaydi", deb aytdi boshqarma vakili Maykl Rudolf. "Xaridorlar ularning dronlarni boshqarish uquvini tekshiruvchi majburiy o‘quv dasturidan o‘tishlari kerak bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Rudolf.
Ayni vaqtda BAAda mingga yaqin dron foydalanuvchisi qayd qilingan, ulardan 60 nafari tijoriy operatorlar hisoblanadi.
Rudolfning aytishicha, 2018 yil boshidan Dubayda barcha ro‘yxatdan o‘tgan dronlar faolligini real vaqtda kuzatadigan sky commander tizimi ishlay boshlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi