date

Yandex Alisa AI foydalanuvchilarining har to‘rtinchisi sun’iy intellektdan ishda foydalanadi

Yandex Alisa AI foydalanuvchilarining har to‘rtinchisi sun’iy intellektdan ishda foydalanadi

Yandex jamoasi foydalanuvchilarning sun’iy intellekt texnologiyalaridan kasbiy faoliyatda qanday foydalanayotgani bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompyuter orqali Alisa AI tizimiga yo‘llanayotgan har to‘rtinchi so‘rov ish, fan yoki martaba bilan bog‘liq. Ish kunlarida bu ko‘rsatkich 26 foizgacha yetsa, dam olish kunlari 17 foizni tashkil etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Mobil qurilmalarda ish bilan bog‘liq so‘rovlar ulushi hozircha 4,4 foizni tashkil etsa-da, bu yo‘nalish ham jadal o‘smoqda. So‘nggi yarim yil ichida smartfon va planshetlar orqali beriladigan ishga oid so‘rovlar soni 25 foizga, kompyuterlarda esa 16 foizga oshgan. Foydalanuvchilar asosan ma’lumot olish (47 foiz), maslahat va g‘oyalar izlash (25 foiz) hamda vazifalarni to‘liq sun’iy intellektga topshirish maqsadida murojaat qilishadi.

So‘rovlar ko‘pincha IT sohasi, sanoat, biznes, yurisprudensiya, ish yuritish va muhandislik yo‘nalishlarini qamrab oladi. Har bir sohada sun’iy intellektdan foydalanish usullari turlicha: IT mutaxassislari ko‘proq maslahat va yo‘riqnomalar so‘rasa, muhandislik va huquqshunoslik vakillari aniq ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi.

Yandex mutaxassislarining ta’kidlashicha, foydalanuvchilar shartnoma tuzishda kontragentlarni tekshirish yoki texnik parametrlarni aniqlash kabi amaliy masalalarda Alisa AI yordamiga tayanmoqda. Hujjat shablonlari, skriptlar va mijozlar uchun xabarnomalar tayyorlash kabi tayyor yechimlar esa ta’lim, marketing va savdo sohasidagi foydalanuvchilar orasida eng ommabop hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yandex Alisa AI foydalanuvchilarining har to‘rtinchisi sun’iy intellektdan ishda foydalanadi