date

Google yangi foydalanuvchilar uchun bepul xotira hajmini cheklamoqda

Google yangi foydalanuvchilar uchun bepul xotira hajmini cheklamoqda

Google kompaniyasi yangi akkauntlar uchun bulutli xotira siyosatini oʻzgartirmoqda. Endilikda yangi foydalanuvchilar oʻz hisobini telefon raqami bilan bogʻlamasa, ularga atigi 5 GB bepul xotira taqdim etilishi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avvalroq barcha yangi akkauntlar Gmail, Google Drive va Google Photos xizmatlari uchun umumiy 15 GB bepul joyga ega boʻlar edi. Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, ushbu oʻzgarish tizimdan notoʻgʻri foydalanishning oldini olish va 15 GB hajmdagi xotira har bir shaxsga faqat bir marta berilishini taʼminlashga qaratilgan.

Mutaxassislarning fikricha, bu qaror xotira qurilmalari narxining oshishi va ularning taqchilligi bilan ham bogʻliq boʻlishi mumkin. Google qoʻllab-quvvatlash sahifalaridagi maʼlumotlar ham yangilanib, foydalanuvchilarga taqdim etiladigan xotira hajmi boʻyicha aniqroq tushuntirishlar kiritildi.

Taʼkidlash joizki, telefon raqamini bogʻlash amaliyoti Google akkauntini yaratishda avval ham standart hisoblangan. Biroq, SIM-kartasiz Android qurilmalarida roʻyxatdan oʻtish kabi ayrim istisno holatlar hali ham saqlanib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Google yangi foydalanuvchilar uchun bepul xotira hajmini cheklamoqda