Apple Pay va Google Pay orqali chipta olish mumkin bo‘ldi

Uzbekistan Airways O‘zbekiston aviatsiya sohasida birinchi bo‘lib Apple Pay va Google Pay to‘lov servislarini joriy qildi. Yangi imkoniyat aviakompaniyaning rasmiy sayti va mobil ilovasida ishga tushirildi.
Endilikda yo‘lovchilar aviachiptalarni bank kartasi ma’lumotlarini qo‘lda kiritmasdan, bir bosish orqali to‘lashlari mumkin. Bu xizmat xarid jarayonini tezlashtiradi, qulaylikni oshiradi va onlayn to‘lovlarni yanada soddalashtiradi.
Apple Pay va Google Pay orqali to‘lov qilish imkoniyati, ayniqsa, mobil qurilmalardan foydalanadigan mijozlar uchun qulay hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing