Kaliforniya shtatidagi Vudsayd shahrida internet yaratuvchilaridan biri Robert Teylor 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda The Los Angeles Times'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Teylor 13 aprel, payshanba kuni vafot etgan. U olim o‘z uyida hayotdan ko‘z yumganini ta’kidlagan. Teylor Parkinson va yana boshqa kasalliklardan aziyat chekkan.
Manbada ta’kidlanishicha, Teylor AQSh Mudofaa vazirligida olim bo‘lib ishlagan. 1960-yillarda u ARPANET internet tarmog‘i prototipini ishga tushiradi. Shundan keyin u Xerox Palo Alto Research Center (Xerox PARC)da faoliyat yuritadi va u erda personal kompyuter, Ethernet ma’lumotlar etkazish texnologiyasi va kompyuter displeylarini ishlab chiqaruvchi jamoani boshqaradi.
1968 yilda u shunday yozadi: "Bir necha yildan keyin odamlar yuzma-yuz emas, mashinalar yordamida samaraliroq muloqot qilishi mumkin bo‘ladi".
Olimlar Alan Key, Batler Lempson va Chak Taker Alto birinchi personal kompyuterini aynan Teylorning boshchiligi ostida ishlab chiqishgan. U qog‘oz varag‘i hajmidagi ekran bilan jihozlangan, keyinroq esa grafik displey paydo bo‘ldi.
The New York Times'ga ko‘ra, Teylor kompyuter sichqonchasini yaratishda ham ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi