Logistikada sunʼiy intellekt: Ozon tovarlarni «aqlli» saralashni joriy etmoqda

Ozon kompaniyasi logistika jarayonlarini avtomatlashtirish tizimini faol rivojlantirmoqda. Buning uchun yirik oʻlchamli va idishli tovarlar uchun moʻljallangan Narrow-Belt Sorter (tasmali saralagichlar) joriy etilmoqda. 2026-yilning birinchi yarmi yakuniga qadar kompaniya tovarlarni saralash va joʻnatish boʻyicha toʻliq oʻzining matematik modeliga oʻtishni rejalashtirgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniya matbuot xizmati xabariga koʻra, 100 ta yoʻnalishga moʻljallangan saralagichlarning oʻrnatilishi avtomatlashtirilgan jarayonlar sonini ikki baravar oshirish imkonini beradi. Natijada idishli qutilarni saralash samaradorligi alohida posilkalarni saralashga qaraganda 27 baravarga ortadi. Yangi tizim tovar oqimi tarkibini oʻzgartirib, mahsulotlarni donalab emas, balki idishli qutilarda qayta ishlashga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda Ozon mamlakatning asosiy hududlaridagi oltita logistika markazida 10 dan ortiq tasmali saralagichlarni ishga tushirgan. 2026-yil oxiriga kelib ularning sonini 55 ta fulfillment-markazda 70 tadan oshirish koʻzda tutilgan. Ushbu «aqlli» konveyerlarda har bir posilka oʻz tasmasida harakatlanadi va 6D-skaner yordamida shtrix-kodlar oʻqilib, vazn hamda hajm nazoratidan oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, Ozon omborlarda 600 tagacha yoʻnalishga xizmat koʻrsatadigan va soatiga 10 mingta posilkani qayta ishlay oladigan 3D-saralagichlarni ham tatbiq etmoqda. Yil yakuniga qadar bunday qurilmalar sonini 330 taga yetkazish rejalashtirilgan. Bu chora-tadbirlar logistika obʼyektlari oʻrtasidagi yuklamani teng taqsimlash va tranzit oqimini optimallashtirishga yordam beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!