date

Samsung smartfon va avtomobillar uchun yirik xotira zavodini qurmoqda

Samsung smartfon va avtomobillar uchun yirik xotira zavodini qurmoqda

Samsung Electronics Vyetnamdagi yarimoʻtkazgichlar biznesini sezilarli darajada kengaytirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Reuters tomonidan oʻrganilgan hujjatlarga koʻra, Janubiy Koreya kompaniyasi xotira mikrosxemalarini sinovdan oʻtkazish korxonasi qurilishiga qariyb 1,5 milliard dollar investitsiya kiritadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi obyekt Xanoydan taxminan 60 km shimolda qad koʻtarmoqda va u 2027-yilning oxirida ishga tushishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha Samsung kompaniyasining Vyetnamdagi bunday turdagi birinchi zavodi boʻladi. Korxona smartfonlar, noutbuklar, avtomobillar va boshqa elektronika qurilmalarida qoʻllaniladigan DRAM hamda NAND mikrosxemalarini testdan oʻtkazish bilan shugʻullanadi.

Sunʼiy intellekt sohasidagi jadal rivojlanish fonida yirik ishlab chiqaruvchilar oʻz quvvatlarini AI-serverlar uchun xotira chiplari ishlab chiqarishga yoʻnaltirmoqda. Bu esa bozorda oddiyroq chiplarning tanqisligiga sabab boʻldi. Loyiha materiallariga koʻra, zavod har yili 153 milliard gigabitdan ortiq DRAM va 255 milliard gigabitdan ortiq NAND xotirasini sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladi.

Vyetnam hukumati ushbu investitsiyalarni joriy yilning bahoridayoq maʼqullagan edi. Shuningdek, Samsung kelajakda biznesni yanada kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda: kompaniya oʻz foydasini qayta investitsiya qilib, ikkinchi korxona qurilishiga 2,5 milliard dollargacha mablagʻ yoʻnaltirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Samsung smartfon va avtomobillar uchun yirik xotira zavodini qurmoqda