Xiaomi Yevropada muzlatishni talab qilmaydigan 621 litrli aqlli muzlatkichni chiqardi

Xiaomi kompaniyasi Yevropa bozorida oʻzining maishiy texnika liniyasini kengaytirib, yangi Mijia Side-by-Side 621L muzlatkichini taqdim etdi. Ushbu model katta oilalar uchun moʻljallangan boʻlib, uning narxi 850 yevro etib belgilandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilmaning umumiy hajmi 621 litrni tashkil qiladi: shundan 385 litri sovutish kamerasiga, 236 litri esa muzlatkich qismiga toʻgʻri keladi. Ichki qismda sozlanuvchi javonlar va bir nechta saqlash zonalari mavjud. No Frost tizimi esa foydalanuvchini muzlatkichni qoʻlda eritish tashvishidan xalos qiladi.
Xiaomi shuningdek, mahsulotlarning yangiligini saqlash uchun antibakterial va dezodoratsiya xususiyatiga ega Ag+ modulini qoʻshgan. Qurilma Xiaomi Home ekotizimiga toʻliq integratsiya qilingan boʻlib, mobil ilova orqali haroratni masofadan tekshirish, rejimlarni almashtirish va bildirishnomalarni olish imkonini beradi.
Aqlli muzlatkich Google Assistant va Amazon Alexa orqali ovozli buyruqlarni ham qoʻllab-quvvatlaydi. Qurilmaning ishlashi uchun invertorli kompressor masʼul boʻlib, shovqin darajasi bor-yoʻgʻi 35 dB ni tashkil etadi. Muzlatkichning oʻlchamlari 910 × 715 × 1770 mm ga teng.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!