date

Qora tanli asoschilar 2022-yildan beri eng koʻp investitsiya jalb qildi

Qora tanli asoschilar 2022-yildan beri eng koʻp investitsiya jalb qildi

Crunchbase maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan buyon AQSHdagi qora tanli tadbirkorlar tomonidan asos solingan startaplarga 643 million dollar sarmoya kiritildi. Bu koʻrsatkich oxirgi marta 2022-yilda (653 million dollar) kuzatilgan edi. Taqqoslash uchun, oʻtgan yili qora tanli asoschilar jami 942 million dollar venchur mablagʻlarini jalb qilgan boʻlsa, joriy yilning bir necha oyida oʻtgan yilgi umumiy summaning qariyb 70 foiziga erishildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Ushbu oʻsishning asosiy drayveri sifatida bir nechta yirik bitimlarni koʻrsatish mumkin. Xususan, AI apparat taʼminoti bilan shugʻullanuvchi SambaNova kompaniyasi 350 million dollarlik E seriyali investitsiyani qoʻlga kiritdi. Shuningdek, sport prognozlari startapi Noviq 75 million dollar va YC tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan AI sugʻurta platformasi Harper 47 million dollar jalb qildi. Biroq, Crunchbase tahlilchilari jami 34 ta bitim bilan cheklangan bu oʻsishni hali toʻliq progress deb atashga shoshilmayapti.

643 million dollar rekord darajadagi mablagʻ boʻlib koʻrinsa-da, u AQSH startaplari xuddi shu davrda jalb qilgan jami 252 milliard dollarlik sarmoyaning juda kichik qismini tashkil etadi. Crunchbase tadqiqot boʻlimi rahbari Gené Teare TechCrunch nashriga bergan intervyusida, qora tanli asoschilar hamon tarmoqlarga kirish, aloqalar oʻrnatish va dastlabki tanishtiruvlar borasida qiyinchiliklarga duch kelayotganini taʼkidladi.

Hozirgi vaqtda venchur bozori oʻziga xos turgʻunlikni boshdan kechirmoqda va qora tanli asoschilarga yoʻnaltirilgan mablagʻlarning kamayishi umumiy bozor pasayishidan koʻra tezroq sodir boʻlmoqda. Mutaxassislarning fikricha, sohadagi ortiqcha ehtiyotkorlik investorlarni birinchi marta startap boshlayotgan va koʻpincha turli etnik guruhlarga mansub boʻlgan asoschilarga tavakkal qilishdan toʻsib qoʻymoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Qora tanli asoschilar 2022-yildan beri eng koʻp investitsiya jalb qildi