date

Rostdan ham parvoz boʻldimi? Starship maydonchasi yangidek koʻrinmoqda

Rostdan ham parvoz boʻldimi? Starship maydonchasi yangidek koʻrinmoqda

RGV Aerial Photography tomonidan 2026-yil 22-mayda amalga oshirilgan Starship (IFT-12) ning 12-parvozidan soʻng olingan dron surati koʻpchilikni hayratda qoldirdi: Starbase kosmodromidagi Pad 2 (Pad B) start maydonchasi deyarli mukammal holatda. Unda na quvvatli dvigatellar ishlaganidan asorat, na biror vayronagarchilik koʻzga tashlanadi — faqatgina boʻyoqlarning biroz koʻchgani seziladi, xolos. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

SpaceX ushbu maydonchadan ilk bor Booster 19 bilan jihozlangan Starship V3 (Block 3) ning yangilangan versiyasini uchirdi. 33 ta Raptor 3 dvigatelining ulkan quvvati tubdan takomillashtirilgan suv bilan sovutish tizimi va yangi olov qaytargich yordamida jilovlandi. Suv bugʻga aylanib, zarba toʻlqini va issiqlikni yutib yuborgan, maxsus transheyali beton konstruksiyalar esa chiqindi gazlarni chetga yoʻnaltirgan.

Natija esa kutilganidan ham aʼlo — minimal darajadagi shikastlanishlar. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hazillashib: «Parvoz boʻlganiga ishonchingiz komilmi? Xuddi startdan oldingi holatga oʻxshaydi!» yoki «Bu rostdan ham parvozdan keyingi suratmi? Ishonish qiyin!» kabi izohlarni qoldirishmoqda.

Avvalroq, Texasdagi Starbase kosmodromida Starship ning muvaffaqiyatli 12-parvozidan soʻng start majmuasidagi binolardan biriga jiddiy shikast yetgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, SpaceX oʻz saytida Mars dasturi haqidagi maʼlumotlarni yangiladi va kutilmaganda Starship ning Marsga ilk yuk tashish parvozlari muddatini yaqinlashtirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Rostdan ham parvoz boʻldimi? Starship maydonchasi yangidek koʻrinmoqda