16:58 / 23.04.2017
5 389

Samsung kompaniyasi Galaxy 8 seriyasi buyurtmalarini bajarishning uddasidan chiqa olmadi

Samsung kompaniyasi Galaxy 8 seriyasi buyurtmalarini bajarishning uddasidan chiqa olmadi
Samsung ikki haftada Galaxy S8 smartfonlarining 1 millionlik buyurtmasining yarmidan kamrog‘ini qopladi. Soha manbalari buni yangi smartfonga bo‘ladigan talabni prognoz qilishdagi xatolik bilan bog‘lashmoqda.

Samsung Electronics kompaniyasining yangi Galaxy S8 smartfoniga bo‘ladigan talabni noto‘g‘ri baholashi uni etkazib berishda taqchillik yuzaga kelishiga olib keldi. Bu haqida Yonhap agentligi sohadagi manbalariga asoslanib, xabar berdi.

Mijozlar 7 apreldan boshlab Galaxy S8 smartfoniga oldindan buyurtma berish imkoniga ega bo‘lishdi. Kompaniya 11 kun ichida ularga yangi smartfonni etkazib berishga va’da berdi - bu muddat qurilmani mobil aloqaning mahalliy operatorlarida ro‘yxatdan o‘tkazishi uchun kerak.

Biroq oldindan buyurtmalar soni 1 million ko‘rsatkichidan oshib ketgach, kompaniya smartfonlarni o‘z vaqtida etkazib bera olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, agentlikning ta’kidlashicha, smartfonlar bilan birga ketuvchi reklama mahsuloti faqatgina boshqalardan avvalroq buyurtma qilgan kishilargagina beriladi. Yonhap ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy S8 Samsung smartfoniga oldindan berilgan 1,04 million buyurtmadan faqat 400 ming donasini bajarish uddalangan.

Shanba kuni Samsung Galaxy Note 7 64 GB Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus'ni ro‘yxatdan o‘tkazish va tabiiyki, etkazib berish sanasi 30 aprelgacha uzaytirilishi haqida rasman ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung kompaniyasi Galaxy 8 seriyasi buyurtmalarini bajarishning uddasidan chiqa olmadi