MTS sunʼiy intellekt yordamida 10 milliondan ortiq xavfli oʻtishlarni toʻsib qoʻydi

MTS kompaniyasining “Bezipasniy internet” servisi yangi sunʼiy intellekt (AI) modellarini joriy etish natijasida xavfli saytlar va kattalar uchun moʻjallangan kontentni filtrlash sifatini uch baravarga oshirdi. Bu haqda operator matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Tizimning yangilangan funksionalligi nafaqat URL-manzilni, balki sahifaning toʻliq kontekstini, jumladan, sarlavhalar, tavsiflar va asosiy mazmunni tahlil qilish imkonini beradi. Bu esa “18+” toifasidagi saytlar, agressiv reklamalar, fishing sahifalari va zararli dasturlarga ega resurslardan ishonchli himoyani taʼminlaydi.
2024-yilning birinchi choragi davomida tizim istalmagan resurslarga oʻtish boʻyicha 10 milliondan ortiq urinishni muvaffaqiyatli blokladi. Yangi AI modellari 2 milliondan ortiq saytni oʻz ichiga olgan bazani doimiy ravishda yangilab boradi.
“Bezipasniy internet” yechimi endilikda MTS Junior tarifiga integratsiya qilingan boʻub, abonentlar uchun bepul taqdim etilmoqda. Himoya tarmoq darajasida faollashadi, bu esa ota-onalardan bolaning qurilmasiga qoʻshimcha ilovalar oʻrnatishni yoki filtrlarni qoʻlda sozlashni talab qilmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!