date
views 6 755

iPhone 8'ning ilk real suratlari paydo bo‘ldi

iPhone 8'ning ilk real suratlari paydo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 8 smartfonining maketi suratlari paydo bo‘ldi deb yozadi Kun nashri. Ularni o‘z Twitter'ida joylagan manbaning so‘zlariga ko‘ra, Foxconn zavodi ularning haqiqiy ekanini tasdiqlagan. Bu paytga kelib, iPhone 7 narxlari ancha pasaydi.

Ta’kidlash joizki, manba muayyan darajada ishonchni qozonib ulgurgan - bu dizayner Benjamin Geskinning yangi qurilmalar haqidagi birinchi ma’lumotlari hamda suratlari emas.

Suratlarga ko‘ra, Apple'ning yangi flagmani ramkasiz displey, ikki kameraga ega bo‘ladi. Uning dizayni esa - iPhone 3GS uslubida. Displeyning yuqori qismida ham, pastki qismida ham ramka yo‘q - barcha datchiklar, shu jumladan barmoq izlari skaneri ham ekran ostiga yashiringan.

Ushbu suratlar bundan avval tarqalgan chizgilar va renderlarni to‘liq tasdiqlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 8'ning ilk real suratlari paydo bo‘ldi