MS-21 va SJ-100 samolyotlari Wi-Fi va multimedia tizimlari bilan jihozlanadi

Rossiyaning yangi MS-21 va SJ-100 yoʻlovchi samolyotlari bortida sunʼiy yoʻldosh interneti, Wi-Fi va koʻngilochar tizimlar oʻrnatiladi. Ushbu texnologiyalar toʻliq mahalliy apparat vositalari asosida ishlashi koʻzda tutilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Birlashgan aviatsiya korporatsiyasi (OAK) rahbari Vadim Badexa maʼlum qilishicha, tegishli texnik yechimlar laynerlar konstruksiyasiga allaqachon kiritilgan. Uning soʻzlariga koʻra, parvoz vaqtidagi internet aloqasi toʻliq Rossiya uskunalarida amalga oshiriladi.
Bu chora xorijiy texnologiyalarga bogʻliqlikni kamaytirish va parvoz davomida uzluksiz raqamli xizmatlarni taʼminlash imkonini beradi. Shu bilan birga, salonning yakuniy konfiguratsiyasi — oʻrindiqlardagi ekranlar va boshqa qulayliklar aviakompaniyalar talabiga koʻra shakllantiriladi.
OAK vakillarining taʼkidlashicha, yangi samolyotlarni ishlab chiqishda yoʻlovchilar uchun qulaylik darajasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zamonaviy multimedia tizimlari parvoz sifatini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.





























Izohlar 0
…