Android Open Source loyihasi ishtirokchilari Google birdaniga uchta yangi Pixel smartfonlarini chiqarmoqchi ekanini aniqlashdi.
Pixel ikkinchi avlod smartfonlari Walleye, Muskie va Taimen degan nomlarni oladi. Taxminlarga ko‘ra, Walleye Pixel XL qurilmasining yangilangan nusxasi bo‘lsa, Muskie uchun esa oddiy Pixel asos qilib olindi.
Shu bilan birga, Taimen nomi ostida qanday qurilma bor ekani hozircha noma’lum. PhoneArena resursining fikricha, bu Pixel XL’dan ham katta displeyga ega bo‘lgan fablet yoki planshet ham bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, ma’lum bo‘lishicha, uch qurilmaning barchasi Samsung Galaxy S8 va S8+’ga o‘rnatiladigan Qualcomm Snapdragon 835 chipseti negizida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google Pixel’ning faqatgina ikkita yangi modelini chiqarish niyatida ekani haqida xabarlar tarqagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi