Samsung Galaxy S26 FE taqdimotdan avval sinovdan oʻtkazildi

Samsung Galaxy S26 FE taqdimotdan avval sinovdan oʻtkazildi

Internet tarmogʻida Samsung Galaxy S26 FE smartfonining yangi tasvirlari tarqaldi. Ushbu suratlar qurilmaning joriy yil boshida taqdim etilgan standart Galaxy S26 uslubida ishlanganini tasdiqlaydi. Galaxy S26 FE seriyaning umumiy dizayn konsepsiyasiga mos keluvchi, tanish koʻrinishdagi kameralar blokiga ega boʻladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Avvalroq smartfon Geekbench maʼlumotlar bazasida ham koʻrinish bergan edi. Qurilma kompaniyaning oʻz mahsuloti boʻlgan Exynos 2500 protsessori va 8 GB tezkor xotira bilan sinovdan oʻtkazilgan. Test natijalariga koʻra, gadjet bir yadroli rejimda 2426 ball, koʻp yadroli rejimda esa 8004 ball toʻplashga muvaffaq boʻlgan.

Yangi sertifikatlashtirish jarayonlari avvalgi sizib chiqqan maʼlumotlarni amalda tasdiqlamoqda. Dastlabki xabarlarga koʻra, Samsung xotira komponentlari narxi oshib borayotgan bir paytda qurilmaning tannarxini pasaytirish choralarini koʻrmoqda. Shu maqsadda kompaniya qimmatroq yechimlar oʻrniga CSOT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan displeylardan foydalanishi mumkin.

Bunday tejamkorlik choralariga qaramay, insayderlar Galaxy S26 FE baribir oʻzidan oldingi modeldan qimmatroq boʻlishini istisno qilishmayapti. Smartfonning rasmiy anonsi yaqin oylarda amalga oshirilishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar