Yangiqo‘rg‘onda 423 tup kannabis yetishtirilgani fosh etildi

Yangiqo‘rg‘onda 423 tup kannabis yetishtirilgani fosh etildi

«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Xorazm va Namangan viloyatlarida giyohvand moddalar bilan bog‘liq ikki holat aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida Xorazm viloyatining Urganch tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida muqaddam sudlangan shaxs Rossiya Federatsiyasidan taksi orqali yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtda to‘xtatib tekshirilgan.

Tekshiruv natijasida jo‘natma ichidagi 10 dona shokolad paketiga yashirilgan jami 967 gramm gashish moddasi topilgan. Ushbu modda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Ikkinchi holat Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida qayd etilgan. DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mahalliy fuqaro o‘z yer maydonida 423 tup kannabis o‘simligini yetishtirib kelayotgani aniqlangan.

Ma’lumotga ko‘ra, u ushbu o‘simliklarni keyinchalik sotish maqsadida parvarish qilgan. Holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda har ikki fuqaroga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar