19 yillik Nokia N95 smartfonida Half-Life oʻyini ishga tushirildi

1 daqiqa o'qish215
19 yillik Nokia N95 smartfonida Half-Life oʻyini ishga tushirildi

Argentinalik dasturchi Dante Leonchini afsonaviy Half-Life oʻyinini Nokia N95 smartfoniga muvaffaqiyatli port qildi. Uning soʻzlariga koʻra, oʻyin soniyasiga 30 kadr (FPS) tezlikda barqaror ishlamoqda. Toʻliq boshqaruvni taʼminlash uchun qurilmaga Bluetooth-sichqoncha va klaviatura ham ulandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Telefonning texnik xususiyatlari ushbu oʻyinni koʻtarishga qodir: 2007-yilda chiqarilgan Nokia N95 modeli 332 MHz chastotali ikki yadroli Texas Instruments OMAP 2420 protsessori, PowerVR MBX grafik tezlatkichi va versiyasiga qarab 64 yoki 128 MB operativ xotira bilan jihozlangan. Biroq asosiy qiyinchilik unumdorlikda emas, balki qurilma arxitekturasida edi.

Half-Life dastlab Windows operatsion tizimidagi shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan boʻlsa, smartfon Symbian OS tizimida ishlaydi va ARM protsessoridan foydalanadi. Leonchinining taʼkidlashicha, loyiha hali yakuniga yetmagan. Ayrim sahnalarda kadrlar chastotasi pasayishi kuzatilmoqda, biroq dasturchi muammo sababini aniqlagan.

Avvalroq ushbu dasturchi Quake III Arena oʻyinini port qilishda ham shunday muammoga duch kelgan edi, oʻshanda asosiy cheklov protsessor bilan bogʻliq boʻlgan. Half-Life — Valve kompaniyasi tomonidan yaratilgan ilmiy-fantastik janrdagi birinchi shaxs otishmasi (FPS) boʻlib, u oʻyin sanoatida inqilob qilgan seriyalardan biri hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?