Umraga yuborishni va’da qilgan shaxs 1500 dollar olayotganda ushlandi

Umraga yuborishni va’da qilgan shaxs 1500 dollar olayotganda ushlandi

Buxoro shahrida fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, buning evaziga 1500 AQSH dollari talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan MCHJning Buxoro filialida operator bo‘lib ishlagan 2004 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zini Umra safarini tashkil etishga vakolatli shaxs sifatida tanishtirib, fuqarolarning ishonchidan foydalanishga uringan. U Buxoro shahrida yashovchi ayolni yetti kunlik Umra safariga yuborishini aytib, buning uchun 1500 dollar talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi o‘zi ishlayotgan ofisda oldindan maxsus belgilangan 1500 AQSH dollari va 850 ming so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar